17:40 / 19.01.2019
19166

Shomurodov Osiyo Kubogi guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin – unga ovoz bering

Foto: KUN.UZ

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi saytida Osiyo Kubogi guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

OFK tomonidan ajratib olingan 10 nafar futbolchi orasida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham bor. Eslatib o‘tamiz, futbolchimiz 3ta o‘yinda 4ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Nomzodlar ro‘yxati quyidagicha:
Salim Al-Dovsariy (Saudiya Arabistoni)
Ali Alma'oz (Qatar)
Ashkan Dejog‘a (Eron)
Yosin Baxit (Iordaniya)
Nguyen Quang Hui (Vetnam)
Kim Min-Je (Janubiy Koreya)
Muhanad Ali (Iroq)
Aver Mabil (Avstraliya)
Yuto Nagatomo (Yaponiya)

Muxlislar ushbu havola orqali so‘rovnomaga kirib, ovoz berishlari mumkin.

Mavzuga oid
Top