19:36 / 20.01.2019
31133

Osiyo Kubogi. Iordaniya sensatsion ravishda turnirni tark etdi

Osiyo Kubogining nimchorak finali kutilmagan natija bilan boshlandi. Guruh bosqichida Avstraliyani ortda qoldirgan holda B guruhida birinchi o‘rinni egallagan Iordaniya D  guruhidan uchinchi o‘rin bilan chiqqan Vetnamga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yinning birinchi bo‘limida Abdurrahmon Iordaniyani hisobda oldinga olib chiqqandi, ammo ikkinchi bo‘lim boshida Nguyen Kong Fiong hisobni tenglashtiruvchi golni urdi.

O‘yinning asosiy vaqtida durang natija saqlanib qoldi, qo‘shimcha bo‘limlarda ham gol urilmadi. Penaltilar seriyasida esa Sharqiy Osiyo vakillari 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Vetnam Osiyo Kubogida chorak finalning ilk ishtirokchisiga aylandi. Bu jamoa keyingi bosqichda, 24  yanvar kuni Yaponiya va Saudiya Arabistoni juftligi g‘olibiga qarshi bahs o‘tkazadi.

Osiyo Kubogi
1/8 final
Iordaniya – Vetnam 1:1
(1:0, 0:1, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 2:4
Gollar: 1:0 – 39 Abdurrahmon, 1:1 – 51 Nguyen Kong Fiong.
Iordaniya – Shafiy, Al-Ajalin, Xattob, Bani-Yasin, Murjan (Faysal, 71), Ziyod, Al-Baxit (Xaddod, 98), Abdurrahmon, Bani-Attiya, Al-Ravashde (Samir, 105), Al-Tamariy (Erson, 98).
Vetnam – Dang Van Lam, Buy Ten Zung, Kue Ngok Xay, Doan Van Xau, Do Zyui Man, Do Xung Zung, Nguyen Xyui Xung (Nguyen Van Toan, 96), Nguyen Chong Xoang (Chan Min Vyong, 117), Fan Van Dyk (Lyong Syuan Chiong, 105), Nguyen Kuang Xay, Nguyen Kong Fyong (Nguyen Ten Lin, 77).
Penaltilar seriyasi:  1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 2:3, 2:4.
Ogohlantirishlar: Bani-Attiya (57), Dang Van Lam (120).

 

Top