19:41 / 21.01.2019
21049

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 120 dan ko‘proq harbiy halok bo‘ldi

Foto: REUTERS / Stringer

“Tolibon” harakati jangarilarining Afg‘onistonning Vardak viloyatidagi harbiy bazaga hujumi oqibatida 126 nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligidagi mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, harbiylar harbiy mashg‘ulot markazidagi portlash qurbonlariga aylanganlar. 

Avvalroq toliblar Afg‘oniston maxsus xizmatlarining Maydonshahr shahridagi bazasiga hujum qilgani ma'lum qilingandi.

Tolo News telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, uch nafar jangari yo‘q qilingan, to‘rtinchi jangari esa avtomobildagi portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.    

Top