22:54 / 21.01.2019
11336

Rossiya AQShning raketa shartnomasidan chiqishini tan olmasligini bildirdi

Foto: globallookpress.com

Rossiya AQShning o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish haqidagi qarorini tan olmaydi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma'lum qildi.

«Bu harakatni yuridik jihatdan hech narsaga arzimaydi deb hisoblaymiz»,- dedi u. Uning fikricha, shartnomani saqlab qolish, muammo yechimini esa o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan izlash kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hozirda ushbu shartnoma majburiyatlaridan ozod bo‘lish uchun bahona qidirmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan yil oktyabrda shartnomadan chiqish niyati haqida ma'lum qilgandi. Keyinroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyani shartnomaga rioya qilmayotganlikda aybladi.  

Shartnomaga ko‘ra, tomonlarga 500dan 5,5 ming kilometrgacha mo‘ljallangan yerusti ballistik va qanotli raketalarga ega bo‘lish taqiqlanadi.

Top