16:32 / 21.01.2019
6920

Rossiyada Facebook va Twitter’ga qarshi ish qo‘zg‘atildi

Foto: Kai Pfaffenbach / Reuters

Roskomnadzor tashkiloti Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlarini ma'lumotlar bazasini lokallashtirish to‘g‘risidagi Rossiya  qonunini buzayotganlikda aybladi. Tashkilot matbuot kotibi Vadim Ampelonskiyning bildirishicha, kompaniyalarga nisbatan ma'muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Ampelonskiyning ma'lum qilishicha, Roskomnadzor bu masala bo‘yicha Twitter va Facebook’dan tegishli javoblar olmagan.  

O‘tgan yilning dekabrida Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov Twitter va Facebook’ka Rossiya qonunchiligiga rioya qilish talab qilingan xatlar jo‘natilganini ma'lum qilgandi. Xatlarga 17 yanvarga qadar javob yo‘llash so‘ralgan.

Mavzuga oid
Top