14:16 / 25.01.2019
19591

Kokos suvining foydasi

Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari o‘rtasida kokos suvini iste'mol qilish tobora ommalashmoqda. Bu ichimlik nimasi bilan foydali? Bunga kimlar ko‘proq e'tibor bergani ma'qul? Bu savollarga birgalikda javob topamiz.

Sog‘lom turmush tarzi, ixcham tana hozir juda urfda. Sog‘lom mahsulotlar bo‘limlarida kokos suvini uchratish mumkin. Mahsulotning foydasi haqida suhbatlashamiz.

Tabiiy izotonik

Izotonik  bu – faol jismoniy mashqlardan keyin organizmga yordam beruvchi ichimlik. Odatda mashg‘ulotlar vaqtida va jismoniy faollik yuqori bo‘lganida iste'mol qilinadi. Tabiiy izotonik bo‘lgan kokos suvi kuch zaxirasini tezda to‘ldiradi. Yana bir afzalligi – chanqoqni tezda qondirib, organizmdagi suv muvozanatini tiklaydi.

Foto: Pixabay

Detoks

Kokosli suv organizmning tozalanish jarayonida ham yordam beradi. U og‘ir metall va toksinlarini chiqarib tashlaydi. Uzoq va doimiy ravishda iste'mol qilinganida moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi.

Yoshlik

Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qiladigan kishilar u terining yoshligini uzaytirishini aytishgan. Buning hayron qoladigan jihati yo‘q. Axir ichimlik tarkibida hujayralarning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatadigan o‘simlik gormonlari bor. Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qilish teringizga taranglik va yarqirashni beradi.

Parhez

Ichimlik tarkibida yog‘lar mavjud emas. 100 gramm suvga 18 kkal to‘g‘ri keladi. Bu esa boshqa istalgan izotonikka qaraganda kamroq. Shunga qaramay, ichimlik mikroelementlarga boy.

Moddalar almashinuvining tezlashishi

Kokos suvi metabolizmga ta'sir ko‘rsatadi. Bu parhezga amal qiluvchi va tanasini ixcham ko‘rinishga keltirishni istaganlar uchun a'lo darajadagi natija.

Foto: Pixabay

Ishtahaning pasayishi

Vazn va tana hajmini kamaytirishga intilganlar uchun yana bir afzallik.

Mutaxassislar bu borada nima deyishadi?

Shifokorlar kokos suvi qondagi qand miqdorini kamaytirishini ta'kidlashadi. Shuningdek, u buyraklar faoliyatida buzilishlari bo‘lgan kishilar uchun ham foydali. Ichimlikni doimiy ravishda iste'mol qilish talvasa ehtimolini kamaytiradi.

Chaqaloqlar uchun

Kokos suvi tarkibida laurin kislotasi bor. U ona sutida ham mavjud va oziqlantirishda juda muhim. Shifokorlar bu ichimlik bolani tabiiy oziqlantirish o‘rnini bosishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.

 

Top