21:09 / 26.01.2019
36824

Yaxshilikning chegarasi bo‘lmaydi: «Mehrli qo‘llar»ning «Mehrli muzlatgich»i

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan «Mehrli muzlatgich» loyihasi ikki kun ichida ko‘pchilikning e'tiborini tortib ulgurdi. Poytaxtning gavjum nuqtalaridan birida joylashtirilgan muzlatgich turli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirilgan.  

Ehtiyojmand insonlar muzlatgichdagi mahsulotlardan bepul foydalanishlari, imkoniyati borlar esa uni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishlari mumkin. Hozirda «Mehrli muzlatgich» kuniga bir marotaba loyiha tashkilotchilari va aholi tomonidan to‘ldirilmoqda.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

“Bu sinov loyihasi bo‘lib, endilikda qolgan «Mehrli muzlatgichlar»ni shahrimizdagi shifoxonalarga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda”, deydi loyiha tashkilotchisi Bahrom Alimov.

Eslatib o‘tamiz, «Mehrli qo‘llar» loyihasi 2017 yil yoz oylarida «Saxovat» nomi bilan ijtimoiy tarmoqlarda ish boshlagan edi. Keyinchalik Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 30 avgust kuni Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazining «Mehrli qo‘llar» loyihasi sifatida tasdiqlandi.

Uch mingdan ziyod ko‘ngillilarni birlashtirgan mazkur loyiha bemorlar, kam ta'minlangan insonlarga yordam berib kelmoqda. Tashkilotning ezgu amallarida qatnashishni istaganlar Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Mehrliqo‘llar manziliga yoki +998983074777 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Mo‘tabar Xushvaqtova

Mavzuga oid
Top