18:38 / 28.01.2019
21039

MIB tufayli er-xotinlar yarashib ketyapti

Majburiy ijro byurosi xodimlarining tushuntirish-targ‘ibot suhbatidan so‘ng, ajrashib ketgan er-xotin yarashishga qaror qildi. Bu haqda O‘zA tarqatgan xabarda aytiladi.

Ma'lum qilinishicha, FIB G‘ijduvon tumanlararo sudining 2018 yil 28 iyun kunidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor O‘ktam Safoyevdan undiruvchi Munira Qudratovaning foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandining moddiy ta'minoti aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIB Shofirkon tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

«Ijro harakatlari davomida aliment undiruvi to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor va undiruvchini yarashtirish, voyaga yetmagan farzandlarni qarovsiz, ya'ni ota-onasiz qoldirmaslik, ularni kelajakda yaxshi komil inson sifatida voyaga yetkazish to‘g‘risida tushuntirish olib borildi. Olib borilgan tadbir davomida qarzdor O‘ktam Safoyev va undiruvchi Munira Qudratovalar oilasi yarashtirildi», – deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, hozirgi kunda ushbu tadbirlar davomida Qorako‘l tumanida 3ta, Jondor tumanida 2ta hamda Olot tumanida 8ta oilalar yarashtirilib, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari ish yurituvidan tugatilgan. ​

Mavzuga oid
Top