08:18 / 30.01.2019
61654

Dunyoning eng xavfsiz davlatlari ma'lum qilindi

Islandiya /Foto: Culture Trip

Global Finance nashri dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingini tuzdi. Ro‘yxat nashr saytida e'lon qilingan.

Reytingni tuzishda mamlakatda harbiy ixtilof yuzaga kelishi ehtimoli, fuqarolar xavfsizligiga tahdid darajasi, iqtisodiy rivojlanish darajasi, tabiiy ofat sodir bo‘lish ehtimoli kabilar asosiy mezonlar qilib olingan.

Ro‘yxatda umumiy hisobda 128 ta davlat taqdim qilingan. 

Reytingga ko‘ra, dunyoning eng xavfsiz davlati sifatida Islandiya e'tirof etilgan. 2-o‘rinni Shveytsariya, 3-o‘rinni Finlyandiya egallagan.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka Portugaliya, Avstriya, Norvegiya, Qatar, Singapur, Daniya va Yangi Zelandiya kiritilgan.

Reytingning yuqori pog‘onalarini Yevropa davlatlari egallagan, jumladan yetakchi yigirmatalikdan Yevropaning 16 ta davlati o‘rin olgan. Nashr buni ushbu davlatlar iqtisodiyoti va sog‘liqni saqlash tizimi rivojlangani bilan tushuntirgan.

Dunyoning eng yirik davlatlaridan AQSh reytingda 65-o‘rinni, Xitoy 81-o‘rinni, Rossiya esa 108-o‘rinni egallagan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 44-o‘rinni, Tojikiston 68-o‘rinni, Qirg‘iziston 89-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston ro‘yxatda keltirilmagan. 

Eng noxavfsiz davlatlar sifatida Gvatemala, Yaman va Filippin tan olingan.

Mavzuga oid
Top