16:57 / 31.01.2019
6409

Avtobuslarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklif qilindi

Foto: Roselektronika

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtobuslarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish to‘g‘risida petitsiya paydo bo‘ldi.

“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida harakatlanadigan avtobuslarning saloniga kuzatuv kameralarini o‘rnatishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Qayd etilishicha, bu bilan mayda bezoriliklar, o‘g‘riliklar va boshqa bir qancha noxushliklarning oldi olinishi va jamoat transportlarida sodir etilgan voqealarga aniqlik kiritilishi mumkin bo‘ladi. 

Bildirilishicha, bu amaliyot Qarshida sinovdan yaxshi o‘tsa, boshqa hududlarga ham joriy qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarda ta'lim jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish taklif etilgandi.

Top