12:44 / 31.01.2019
47810

To‘xtayev: turistik bazani olib qo‘yish haqidagi xabar biz uchun shok bo‘ldi 

Toshkent viloyatidagi «Yangiobod» turistik bazasining egasi Ali To‘xtayev rasmiylarni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi uchun muqobil yer uchastkasini topish va o‘zlariga avvalgi joyda ishlashga imkon berishga chaqirmoqda.

U viloyat hokimi G‘ulomjon Ibrohimovning obektni davlat foydasiga olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaroridan norozi. Shu bilan birga, Milliy gvardiya bu joyda, katta ehtimol bilan, harbiy qism qurilishi mumkinligini inkor etmayapti.

Ali To‘xtayevning aytishicha, u Milliy gvardiya kuchlarini joylashtirish uchun boshqa joy topish bo‘yicha rasmiylarga murosa taklif qilishga harakat qilgan.

«Bu biz uchun shok bo‘ldi, shu bois o‘ylab qoldim: balki murosaga kelsa bo‘lar? Qurilgan narsani nega buzish kerak? Lekin bu savolimizga javobni eshitmadik», - dedi u.

Foto: Yangiobod turbazasi

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt davomida turistik baza imtiyozli kreditlarni olish imkoniga ega bo‘lishiga qaramasdan (oxir-oqibat ular baribir olinmagan), o‘z kuchi bilan rivojlanib kelgan.

«Biz doimo tushunishga intilib keldik va hech qachon shikoyat qilmadik, biz o‘z kuchlarimiz bilan hamma narsani qildik. Natija - biz haqda hech kim bilmaydi», - deydi To‘xtayev.

O‘z biznesini himoya qilish uchun u hattoki sudga ham borishga tayyor. 

Video: TasIX

Video: Youtube

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Top