09:00 / 01.02.2019
11960

Iroqda tojikistonlik besh ayol terrorizm uchun umrbod qamaldi

Foto: IZVeSTIYa/Mixail Tereshchenko

Iroqdagi sud tojikistonlik besh nafar ayolni IShID terrorchilik tashkilotiga a'zo bo‘lish ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda 31 yanvar kuni Tojikistonning Quvayt va Iroqdagi elchisi Zubaydullo Zubaydzoda xabar bergan.

Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan ayollar - So‘g‘d viloyati Isfara shahri, Xatlon viloyatining Farxor tumani va Abdurahmon Jomiy tumanidan.

Tojikistonlik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Sadorat Qurbonova, Maftuna Majidova, Gulruxsor Aliyeva, Gulbahor Sayfulloyeva va uning qizi Mahfuza Qurbonovaga nisbatan hukm payshanba kuni chiqarilgan. Sud zalida Tojikistonning Iroqdagi elchixonasi vakili ham bo‘lgan.

Tojikistonning yana bir fuqarosi - Maqsuda Jaxbarovaga hukm e'lon qilish ortda surildi - sud vakillari o‘zbek tilidan tarjimon topa olishmagan. Panjikent shahridan bo‘lgan ayolning ikki nafar farzandi bor.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, tojikistonlik 43 nafar ayol Iroqda terrorizm ayblovi bilan turli muddatlarga (16 yildan umrbod qamoq jazosigacha) qamalgan.

Top