10:24 / 01.02.2019
10202

The Guardian O‘zbekistonning sakkiz shahriga tashrif buyurishni tavsiya qildi

Foto: Sweeney/Getty Images/AWL Images RM

Britaniyaning The Guardian nashri O‘zbekiston bo‘ylab batafsil gidni taqdim etdi, u bir oy muddatga mo‘ljallangan.

Nashr o‘z o‘quvchilariga «Buyuk ipak yo‘lining merosi, cho‘l landshaftlari, Toshkent metrosi va Samarqand hamda Buxoro shaharlarini sayyohlar yangi, qulay viza qoidalari bilan rag‘batlantirilayotgan mamlakatda» o‘rganishni taklif etmoqda.

Foto: Lukas Bischoff/Getty Images

Gazeta sakkiz shaharga borishni tavsiya qildi: Toshkent, Marg‘ilon, Andijon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Nurota va Nukus.

Maqola muallifi har bir shaharga tashrif buyurish haqida tavsiyalar berib, u yerga qanday borish, qayerda to‘xtash, nima iste'mol qilish va qancha to‘lash kerakligi haqida batafsil ma'lumot taqdim etgan.

Foto:  Galyna Andrushko/Alamy

Muallif kuniga minimal budjetni 20-30 funt sterling (26-40 dollar) miqdorida belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Guardian 2019 yilda O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tashrif buyurishni tavsiya qilgandi.

Top