14:36 / 01.02.2019
11148

Umumiy ovqatlanish sohasida sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya qilish taklif etildi

Foto: Depositphotos

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida umumiy ovqatlanish sohasida sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya qilish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, turli xil marosimlar, bazmlar uchun taomlar tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilmaslik va buning oqibatida ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari ko‘p uchramoqda. 

“Sanitariya-gigiyena qoidalari bo‘yicha talablarni qat'iylashtirish, bu qoidalarni qo‘pol ravishda buzayotgan tadbirkorlar, oshpazlarning javobgarligini va mas'uliyatini oshirish choralarini ko‘rish zarur”, - deyiladi murojaatda.

Ta'kidlanishicha, buning uchun sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish va O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunlarini qayta ko‘rib chiqish kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtobuslarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklif qilingandi.

Top