22:15 / 02.02.2019
10230

APL. Azar va Iguainning gollari «Chelsi»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

Angliya Premer-Ligasida 25-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.   

«Chelsi» o‘z maydonida autsayder «Haddersfild» bilan o‘ynadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Azar va Iguain ikkitadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Everton» o‘z uyida «Vulverhempton»ga 1:3 hisobida yutqazdi. «Kristal Pelas» «Fulhem»ni 2:0 hisobida yengdi.

«Chelsi» bu g‘alabadan so‘ng, 50 ochko jamg‘arib, 4-o‘ringa chiqib oldi.

APL, 25-tur
2 fevral

Tottenhem – Nyukasl 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 83 Son Hyon Min. 

Everton – Vulverhempton 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 7, penalti Ruben Nevesh, 1:1 – 27 Andre Gomesh, 1:2 – 45 Ximenes, 1:3 – 66 Dendonker. 

Kristal Pelas – Fulhem 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 25, penalti Milivoyevich, 2:0 – 87 Shlupp. 

Chelsi – Haddersfild 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 16 Iguain, 2:0 – 45, penalti Azar, 3:0 – 66 Azar, 4:0 – 69 Iguain, 5:0 – 86 David Luiz. 

Byornli – Sauthempton 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 55 Redmond, 1:1 – 90, penalti Barns. 

Brayton – Uotford 0:0

Top