08:50 / 02.02.2019
10706

BAA shirkati Venesuela oltinining bir qismini sotib oldi

Foto: EPA

Birlashgan Arab Amirliklarining Noor Capital shirkati Venesuela markaziy bankidan uch tonna oltin sotib olgani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda tashkilotning tvitterida xabar berilgan. 

Bayonotga ko‘ra, 21 yanvar kuni amalga oshirilgan xarid mahalliy qonunchilik va xalqaro normalarga zid emas.

«Noor Capital qandaydir noqonuniy yoki taqiqlangan bitimlarda ishtirok etmaydi», - deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, kelajakda kompaniya Venesueladagi vaziyat hal bo‘lmagunga qadar har qanday operatsiyalardan voz kechadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo AQShning Venesueladagi vaziyatga harbiy aralashuvini istisno qilmagandi.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Top