12:48 / 02.02.2019
6552

OAV: AQShda olimlarga Xitoy va Rossiya tomonidan pul ajratiluvchi dasturlarda ishtirok etish taqiqlandi

Foto: Depositphotos

AQSh Energetika vazirligidan ma'lum qilishlaricha, o‘z olimlari va xodimlariga Xitoy, Rossiya, Eron hamda KXDR homiyligidagi, iste'dodli kadrlarni jalb etishga qaratilgan dasturlarda ishtirok etish taqiqlandi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

AQSh energetika vazirining o‘rinbosari Den Brullett so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning xavfsizlik va ilm-fan sohasidagi milliy manfaatlarini himoya qilish maqsadida taqiq to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

«Yoki biz bilan, yoki ular bilan ishlash kerak», - deya qayd etib o‘tdi Brullett.

Bir qator davlatlar tomonidan homiylik qilinadigan dasturlarda ishtirok etishga qo‘yilgan taqiqqa qo‘shimcha ravishda, vazirlik xodimlari hamda olimlariga tegishli tadbirlarga taklifnoma bo‘yicha borish yoki boshqa mamlakatlardan bo‘lgan hamkasblar bilan tajriba va bilim almashish taqiqlanadi.

Top