14:00 / 02.02.2019
56820

«O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchi​si lavozimidan ketdi

Foto: Aleksandr Natruskin

«O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchi​si lavozimida ishlab kelayotgan Ashrafxonov Bahrom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Bahrom Ashrafxanov 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U 2002-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari – Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida, 2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi boshlig‘i – Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

Mehnat faoliyati davomida respublikada sug‘urta bozorini shakllantirish va rivojlantirish, davlat moliyasini boshqarishning g‘azna ijrosi tizimini respublika va mahalliy budjetlariga joriy etish, shuningdek ijtimoiy soha obektlarini g‘aznachilik tizimiga o‘tkazish jarayonlarida faol ishtirok etgan. 

Ta'kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlashda o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, 2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlab, «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasiga rahbar​ bo‘lgan Akmal Kamalov​ o‘rnini egallagandi.

Mehnat faoliyatida Ashrafxonov neft va gazni qayta ishlash bo‘yicha texnologik jarayonlarni chuqurlashtirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish va eksport bozorlariga chiqish, neft-gaz sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish masalalarida faoliyat yuritgan.

Top