20:57 / 04.02.2019
15249

Markaziy bank departament direktori tijorat bank rahbari lavozimiga tayinlandi​

Markaziy bankning Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan Zafar Azimov Sanoatqurilishbank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimiga munosib ko‘rilmoqda. 

Bank va mijoz Telegram-kanali tarqatgan xabarga ko‘ra, Azimov nomzodi Prezident maslahatchisi U.Ismoilov tomonidan ma'qullangan. ​

«Shuningdek, bugungi kunda Markaziy bank Raisining so‘nggi tayinlangan o‘rinbosarlari ham ushbu muassasa departament direktorlari lavozimida ishlab kelgan», — deb ta'kidlanadi axborotda​.

Eslatib o‘tamiz, ​avval Ipoteka bank boshqaruvi raisligiga ham Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Shuhrat Atabayev ​tayinlangan edi.

Mavzuga oid
Top