17:08 / 04.02.2019
11160

NATO Xitoyning xalqaro maydondagi faolligidan tashvishga tushmoqda

Foto: RIA Novosti

NATO Xitoyning xalqaro maydondagi faolligidan tashvishga tushmoqda, dedi alyans bosh kotibi o‘rinbosari Rouz Getemyuller.

"Rivojlanayotgan iqtisodiy va harbiy davlatlar, jumladan Xitoy xalqaro maydonda o‘z faolligini oshirmoqda", - dedi u Norvegiyadagi Atlantika qo‘mitasida chiqishida.

Uning chiqishi tashkilot saytida translatsiya qilingan.

Avvalroq Yevropa parlamentida AQShning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Gordon Sondlend AQSh Yevropa davlatlarining umumiy armiyani tashkil etish rejasi borasidagi pozitsiyalari bo‘yicha ko‘proq aniqlik talab qilayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu armiya NATOning o‘rnini egallashi kerak emas, balki uning to‘ldiruvchisi bo‘lishi lozim. 

Mavzuga oid
Top