11:40 / 04.02.2019
10871

«Real»da yirik g‘alaba. Oldinda klasiko, derbi va «Ayaks»

Foto: La Liga

«Qirollik klubi» asosiy raqiblarining ochko yo‘qotishidan unumli foydalandi va «Santyago Bernabeu»da basklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

«Real» - «Alaves» - 3:0 (1:0)
Gollar: Benzema, 30 (1:0). Vinisius Junior, 80 (2:0). Dias, 90+1 (3:0). 
«Real»: Kurtua, Serxio Ramos, Nacho, Odriosola, Regilon, Modrich, Kazemiro, Sebalos, Benzema (Dias, 75), Beyl (Asensio, 63), Vinisius Junior (Isko, 87).
«Alaves»: Pacheko, Laguardiya, Karlos Vigaray, Duarte, Maripan, Tomas Pina, Vakaso, Garsiya (Gvidetti, 81), Kaleri (Blanko, 81), Burgi (Rolan, 67), Xoni.
Ogohlantirishlar: Laguardiya, 32. Burgi, 54. Vakaso, 74. 
Hakam: Xayme Latre.
3 fevral. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.

Noqulay taqvim
O‘tgan juma kuni o‘tkazilgan Ispaniya Kubogi qur'asi «Real»ga eng yomon ehtimolni taqdim etdi, mavsumdagi klasikolar soni 4taga yetdi. «Qaymoqranglilar»ga keyingi haftalar uchun taqvimi uchun havas qilib bo‘lmaydi: seshanba kuni Ispaniya Kubogining yarimfinalida «Barselona»ga qarshi birinchi uchrashuv, keyingi dam olish kunlarida «Atletiko» bilan derbi o‘yini, undan keyin esa YeChL boshlanadi, madridliklarni «Ayaks» kutmoqda.

Yakshanba kuni madridliklar birinchi davrada o‘zaro  o‘yinda g‘alaba qozongan «Alaves»ni qabul qilishdi.

Yo‘qotishlar
Bu turda turnir jadvalida «Real»dan yuqorida turgan ikki jamoa ham ochko yo‘qotdi: «Barselona» faqat Messining individual o‘yini tufayli «Valensiya»ga qarshi o‘yinda 0:2 hisobini durangga olib bordi (2:2), «matraschilar» esa kutilmaganda Sevilyada «Betis»ga yutqazdi (0:1). «Qirollik klubi» bundan foydalanib qolishi shart edi.

Kartochkalar muammosi
Yakshanba kungi o‘yinni «Real»ning birdaniga uch futbolchisi - Ramos, Modrich va Nacho 4tadan sariq kartochkaga ega holda boshladi. Keyingi sariq kartochka ularning derbi oldidan diskvalifikatsiyaga uchrashiga sabab bo‘lardi. Santyago Solari bunday yo‘qotishlarni istamasdi.

Ilk daqiqalardanoq faqat hujumda o‘ynagan jamoa o‘yinni birorta kartochkasiz o‘tkazdi.

Benzemaning seriyasi
Birinchi bo‘lim madridliklar uchun ajoyib o‘tdi - Benzema hozir juda yuqori sport formasida. 30-daqiqada u hisobni ochdi va La Liganing joriy mavsumidagi gollari sonini 10taga yetkazdi (u o‘tgan mavsum davomida jami 5ta gol urgandi, bu mavsumda esa oxirgi to‘rt o‘yinda olti gol urdi). Golli seriyani Benzema oxirgi marta 2 yil muqaddam qayd etgandi, 2017 yilning yanvarida u qatorasiga besh o‘yinda gol urgandi.

Basklarning imkoniyatlari
O‘yin «Real» ssenariysi ostida kechdi, «Alaves» ahyon-ahyonda qarshi hujumlarga o‘tib turdi, lekin ular raqib jarima maydoniga yetib bora olishganida, xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Madridlik futbolchilarning o‘zi ham himoyada xatolarga yo‘l qo‘yib turishdi, Odriolosa ikki marta darvozabonga noqulay pas uzatdi va pressing ostida qolgan belgiyalik darvozabon ikki vaziyatda ham to‘pni duch kelgan tomonga tepib yuborishga majbur bo‘ldi.

Vinisius va Diasning gollari

«Real» futbolchilari mahorat evaziga g‘alaba qozonishdi. Uchta aniq pas bilan himoyadan raqib jarima maydoniga kirib borildi va yolg‘iz turgan Vinisius Asensioning pasini osonlik bilan golga aylantirdi.

O‘yinning oxirgi daqiqalari esa ikki oylik jarohatdan safga qaytgan Mariano Diasning chiroyli goli bilan yodda qoldi. Darvoza qarshisida turib Odriosolaning qanotdan uzatgan pasini to‘xtatmay bosh bilan darvozaga yo‘llagan hujumchi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Bu g‘alaba «Real»ni «Atletiko»ga yaqinlashtirdi, endi o‘zaro o‘yin oldidan ikki qo‘shni jamoani faqat 2 ochko ajratib turibdi. Madrid derbisida g‘alaba qozonish orqali «Real» «Barselona»ning asosiy ta'qibchisiga aylanishi mumkin, endi o‘rtadagi farq avvalgidek 10 emas, 8 ochkoni tashkil qilmoqda.

Turnir to‘purarlari

Turnir jadvalidagi holat

Mavzuga oid
Top