18:38 / 04.02.2019
6266

YouTube dasturchilari «dizlayk» tugmasini olib tashlash niyatida

Foto: Pixabay

Videoxosting va YouTube’dan «dizlayk» («yoqmadi») tugmasi yo‘qolishi mumkin. Aniqlanishicha, dasturchilarning bunday qarori spam va fleshmoblarni yo‘qotish niyati bilan bog‘liq.

Tarmoqda kontent mualliflari va videoxostingning o‘ziga ham zarar yetkazayotgan u yoki bu videoning reytingini tushiruvchi xeyt-guruhlar (hate – nafratlanmoq) ko‘payib bormoqda.

YouTube’ning loyihalar boshqaruvi bo‘yicha direktori Tom Leungning so‘zlariga ko‘ra, kanal egalariga yangi funksiya: «yoqdi» yoki «yoqmadi» tugmalarini o‘zlari qo‘yish imkoniyati beriladi.

Dasturchilar «dizlayk» qo‘yilishidan oldin uning sababi so‘raladigan mini-so‘rovnoma savollarini ham joylashtirishni muhokama qilmoqda.

Mavzuga oid
Top