22:48 / 06.02.2019
16666

Putin sanksiyaviy mahsulotlarni aholiga bermay, yo‘q qilinishi sababini tushuntirdi

Foto: www.kremlin.ru

Ba'zida iqtisodiyot mahsulotni tarqatmay, uni yo‘q qilishni talab qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi. U sanksiyaviy mahsulotlarning aholiga tarqatilmay, yo‘q qilinishini shunday tushuntirgan.

“Iqtisodiyot nuqtai nazaridan, ba'zida biror narsani tarqatishdan, uni yo‘q qilgan yaxshi. Bu qanchalik g‘alati yangramasin. Chunki bu ish o‘rinlari, ishlab chiqarish rentabelligining muayyan darajasi, narx siyosati va hokazolarni saqlab qolishdir”, deb tushuntirgan Putin.

Avvalroq Rossiya hukumati AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagan davlatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirilishiga taqiqlovni 2019 yil oxirigacha uzaytirdi. 

Top