18:04 / 08.02.2019
14580

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri lavozimidan ozod qilindi

Foto: Kruz.uz

Jyengisbay Saginbayevich Yembergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori e'lon qilindi.

Qarorda ma'lum qilinishicha, Jyengisbay Yembergenov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

U 2018 yilning may oyida ushbu lavozimga tayinlangan edi.

Top