19:15 / 08.02.2019
7519

Ukraina harbiy-havo kuchlari Qrim yaqinida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini e'lon qildi

Foto: RIA Novosti

Ukraina harbiy-havo kuchlari 2019 yilda to‘rtta o‘quv mashg‘uloti o‘tkazadi, birinchi mashg‘ulot fevral oyida Qrim bilan chegaradosh Xerson oblastidagi "Yagorlik" tajriba poligonida bo‘lib o‘tadi.

"2019 yilda "Buk-M1", ZRS S-125, S-300P/PO/V1 zenit-raketa majmualari ishtirokida to‘rtta jangovar mashg‘ulot o‘tkazish rejalashtirilgan. Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha 150dan ortiq turli tadbirlar o‘tkaziladi", deyiladi Ukraina harbiy-havo kuchlarining Facebook’da e'lon qilingan xabarida.

Ma'lumot berilishicha, "zenit-raketa majmualarining birinchi jangovar o‘q otish mashqlari shu oyning o‘zida "Yagorlik" tajriba poligonida bo‘lib o‘tadi".

Ukraina 2018 yil noyabrda ham Qrim yaqinida raketa mashqlarini o‘tkazgandi. 

Top