18:18 / 09.02.2019
19143

Chikagodagi o‘zbekistonliklar Kamerun aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlashda yordam berishdi

Foto: Chikagodagi O‘zbekiston-Amerika assotsiatsiyasi

Chikagodagi O‘zbekiston-Amerika assotsiatsiyasi faollari Kamerun aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlashda yordam berishdi. Bu haqda assotsiatsiya vakillari Facebook’dagi sahifada ma'lum qildilar.

Foto: Chikagodagi O‘zbekiston-Amerika assotsiatsiyasi

Chikagoda yashovchi o‘zbekistonliklar Afrika mintaqasida suv chiqaruvchi quduqni o‘rnatishga «Buloq-3» deb nomlangan xayriya loyihasini moliyalashtirish maqsadida mablag‘ to‘plash uchun marafonni ishga tushirdilar.

Foto: Chikagodagi O‘zbekiston-Amerika assotsiatsiyasi

2018 yil 18 avgustga qadar ular 4,5 ming AQSh dollari miqdorida xayriya mablag‘larini to‘plashdi.

Assotsiatsiya ma'lumotiga ko‘ra, Kamerundagi Bardap aholi punktida quduq o‘rnatilgan.

Top