17:47 / 10.02.2019
8364

Jamol Qoshiqchining qaylig‘i jurnalistning hayoti, ijodi va o‘limi haqidagi kitobni taqdim qildi

Foto: Reuters

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining qaylig‘i Hadicha Dengiz marhumning hayoti, qilgan ishlari va o‘limi haqidagi kitobni nashr qildirdi. Rudaw telekanali xabariga ko‘ra, kitob taqdimoti Istanbuldagi turk-arab assotsiatsiyasida o‘tkazilgan.

«Jamol Qoshiqchi: Uning hayoti, kurashi va sirlar» nomli bu kitobga Dengiz xonim o‘zi olgan intervyularni, uning kundaligidan ko‘chirmalarni, tergovning ishchi xulosalari hamda arxiv suratlarni kiritgan.

228 sahifali kitob ingliz, turk va arab tillarida yozilgan. Kitobga turkiyalik jurnalistlar Mexmet Akif Ersoy va Sinan Onus hammualliflik qilishgan.

O‘z kitobi taqdimotida Dengiz o‘z qaylig‘i qotillari jazolanmagunicha xotirjam bo‘la olmasligini aytib o‘tgan. Xususan, u AQSh prezidenti Donald Tramp bu mojaroli ish bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirishiga umid bildirgan. U mart oyida Vashingtonga borish rejasini ham aytib o‘tgan.

U bundan avvalroq Yevroparlament hamda AQSh Kongressiga murojaat qilib, Qoshiqchining o‘limi atrofidagi vaziyatni «sinchkovlik bilan o‘rganish»ni so‘ragandi.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top