15:42 / 11.02.2019
57723

O‘zbekistonda dollar kursi yil boshidan buyon birinchi marta pasaydi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 12 fevraldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 6,38 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8395,15 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 113,08 so‘mga pasayib, 1 yevro 9510,03 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli 0,68 so‘mga arzonlashdi va 127,69 so‘mga teng bo‘ldi.

 

Mavzuga oid
Top