16:01 / 11.02.2019
13646

«Rossiyani ayblang»: AQShning NATOdagi elchisi raketalar bo‘yicha bitim haqida

Foto: Markus Schreiber / AP

Agar Rossiya va AQSh o‘rtasidagi O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim buzilsa, unda buning uchun Rossiyani ayblash kerak, deya hisoblaydi AQShning NATOdagi elchisi Key Beyli-Xatchinson. Bu haqda u The New York Times uchun maqolasida yozgan.

«Agar O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim o‘lsa - Rossiyani ayblang», - deya o‘z maqolasiga sarlavha bergan amerikalik elchi.

Amerikalik elchining bildirishicha, Rossiya uzoq vaqtdan buyon O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bilan taqiqlangan raketalarni joylashtira boshlagan. Ularni ishlab chiqish 2000-yillarning o‘rtasida boshlangan, deya hisoblaydi u. Agar Rossiya mazkur bitim shartlariga rioya qilmasa, unda Qo‘shma Shtatlar olti oy ichida uni tark etadi, deyiladi materialda.

Biroq, bitimni bekor qilishga moyillik 2007 yildayoq paydo bo‘lgandi, o‘shanda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Myunxen Xavfsizlik bo‘yicha konferensiyasidagi nutqida raketalar bo‘yicha bitimga putur yetkazish istagi to‘g‘risida «signal yuborilgan», deydi AQSh elchisi.

Shundan keyin Rossiya barcha mamlakatlar ishtirok etadigan, «global» bo‘lishi kerak bo‘lgan, bitimga muqobil variantni qidira boshladi, deyiladi materialda. Rossiyaning kayfiyati prezident Jorj Bush ma'muriyati yuqori martabali vakillari bilan munozaralarga zid bo‘lmagan.

Amerikaning NATOdagi elchisi yozishicha, AQSh sobiq mudofaa vaziri Robert Geyts o‘z memuarlarida o‘sha paytda rossiyalik hamkasbi bo‘lgan, mudofaa vaziri lavozimi egallagan Sergey Ivanov bilan birinchi uchrashuvida u Rossiya bu bitimdan chiqishni xohlayotgani haqida ma'lum qilganini bildirgan.

Rossiyadan farqli ravishda, AQSh raketalar bo‘yicha bitim va qurol-yarog‘lar ustidan nazorat bo‘yicha boshqa xalqaro majburiyatlarga qat'iy rioya qilmoqda, deb yozadi muallif. Beyli-Xatchinsonning umid bildirishicha, Kreml bitimga rioya qilishga qaytadi va uning tegishli talablariga javob bermaydigan 9M729 raketasini yo‘q qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Klinton Trampning raketalar bitimi bo‘yicha qarorini «Putinga sovg‘a», deb atagandi.

Top