14:55 / 12.02.2019
22958

CRAFERS ommaviy ishdan bo‘shatish yuzasidan rasmiy bayonot berdi

2019 yil 10 fevral kuni ba'zi xorijiy ommaviy axborot vositalarida CRAFERS fabrikasida ommaviy ishdan bo‘shatish va xodimlarning huquqlarini buzilishi haqida maqola e'lon qilindi.

Bundan avvalroq, joriy yilning 25 yanvaridan 4 fevraliga qadar fabrika o‘z ishchi xodimlarini attestatsiya sinovidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqargan va bu haqida xodimlar ichki tartib bo‘yicha yig‘ilishda bir oy oldin xabardor qilingandi. Attestatsiyada sinovida berilgan savollar fabrikaning ishlab chiqarish faoliyatiga oid bo‘ldi.

O‘tkazilgan attestatsiya natijasida ish faoliyati uchun zarur bilim, tajriba va malakaga ega bo‘lmagan 22 nafar xodimlarning mehnat qonunchiligi normalariga muvofiq mehnat shartnomalari bekor qilindi. Bo‘sh ish o‘rinlari uchun malakali mutaxassislar jalb etildi.

Shu bilan birga, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganlar orasida 10 nafar xodimlarning lavozimi ko‘tarilib, mehnatga haq to‘lov hajmi oshirildi.

Ta'kidlash joizki, ishlab chiqarish faoliyati ishga tushirilganidan buyon xodimlarning malakasini va mahoratini oshirish maqsadida chet ellik mutaxassislar ishtirokida muntazam ravishda seminar va treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu bilan birga, fabrika maxsus kadrlar siyosatini amalga oshiradi. Unga ko‘ra, bo‘sh ish o‘rinlarini yanada malakali bo‘lgan kadrlar bilan ta'minlash davom ettirilmoqda. Yaqinda ochilgan ishlab chiqaruvchining amaliyotida bu tabiiy holatdir.

2019 yilning 25 yanvarida fabrikaga Toshkent shahar Davlat huquqini muhofaza qilish inspeksiyasining ishchi guruhi tashrif buyurdi. CRAFERS fabrikasida Mehnat to‘g‘risidagi ichki Nizom tasdiqlangan, unga muvofiq buyurtma miqdori ortishi munosabati bilan fabrika ikki smenali ish rejimiga o‘tishi mumkin. Ushbu omilga asoslanib xodimlarning ish haqlari belgilangan. Fabrika tomonidan mehnat qonunlarining buzilishi aniqlanmagan.

Yuqoridagi, 2019 yil 10 fevral kuni e'lon qilingan maqola shartli tekshiruvlardan o‘tmagan, undagi keltirilgan ma'lumotlar esa haqiqatga mos kelmaydi.

CRAFERS fabrikasi ma'muriyati

Mavzuga oid
Top