09:00 / 12.02.2019
11212
Reklama

«Genesys» 8-mart arafasida «Sultania» va «Jangokh» TJM kvartiralariga maxsus chegirmalar e'lon qildi

«Genesys» qurilish kompaniyasi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab kvartiralar uchun 120 million so‘mgacha chegirmalar e'lon qiladi.

«Genesys» kompaniyasi 8-fevraldan 7-martga qadar yangi turar-joy majmualarida kvartiralar xarid qilish uchun 8 foiz qiymatidagi chegirmani qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan «8/8» aksiyasi boshlanganini e'lon qiladi. Aksiya «Sultania» va «Jangokh» turar-joy majmualarida amalga oshiriladi. Tejab qolingan pul maqdori 120 million so‘mgacha yetadi.

Foto: Genesys

«Yaqinlashib kelayotgan 8-mart bayramiga bizda ayollarimizning muhabbati va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirishning ajoyib imkoniyati bor. Mo‘'jaz binoda yangi kvartirani sovg‘a sifatida qabul qilishdan-da yoqimliroq hadya bo‘lmasa kerak? Buni amalga oshirish uchun xaridorlar 120 million so‘mgacha tejab qolishi mumkin bo‘lgan aksiyani yo‘lga qo‘ydik» – deya ta'kidlaydi «Genesys» kompaniyasining savdo bo‘limi rahbari Saidaziz Qosimov.

Aksiya davomida quyidagi turar-joy majmualaridagi kvartiralar taklif etiladi:

«Sultania» TJM – sirli sharqona joziba va zamonaviy uslubni o‘zida uyg‘unlashtirgan mukammal majmua. Majmua quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 10 (mo‘ljal: Wunderkind maktabi). «Sultania» TJM joylashgan manzilning o‘ziyoq, bir kilometr radiusda zamonaviy hayot uchun zarur bo‘lgan barcha narsani topish mumkinligini anglatadi. Turar-joy binosi to‘rtta blokdan iborat va 9-10 qavatli bo‘ladi.

Narxlar: 6 250 000 so‘m – 7 250 000 so‘m / kvadrat metr uchun (tanlangan qavatga muvofiq).

Foto: Genesys

«Jangokh» TJM – o‘z falsafasiga ega zamonaviy qurilish. Ushbu majmua Janggoh mavzesida joylashgan (mo‘ljal: Ts-15). U «eski shahar»ni zamonaviy megapolisga aylantiradi. Majmua hududida milliy uslubdagi zamonaviy va qulay binolar qurilmoqda. Ular yo‘l yoqasida emas, balki ikkinchi qatorda joylashgan bo‘lib, aholiga asosiy yo‘ldan shovqin va chang yetib bormaydi. «Jangokh» har biri 7-8 qavatdan iborat olti blokdan tashkil topgan.

Narxlar: 6 250 000 so‘m – 7 250 000 so‘m / kvadrat metr uchun (tanlangan qavatga muvofiq).

Eslatma: «Jangokh» TJMda «8/8» aksiyasi faqat 4 xonali uylar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Genesys

Xaridorga shuningdek, «Bolalar – bizning borlig‘imiz» dasturi bo‘yicha har bir farzand uchun 1 foizlik qo‘shimcha chegirma beriladi. Masalan, «Jangokh» TJM 1-qavatidagi 151 kv.metrga ega 4 xonali uyning narxi 1 170 250 000 so‘m bo‘lib, oilada uch farzand bo‘lsa, «8/8» va «Bolalar – bizning borlig‘imiz» aksiyalari doirasida mijoz 128 727 500 so‘mgacha mablag‘ni tejab qolishi mumkin.  

Aksiya to‘liq holdagi naqd to‘lov yoki pul o‘tkazmalari, shuningdek, bank orqali to‘lov qilinganda amal qiladi. Shuningdek, bo‘lib to‘lashda ham aksiya amal qiladi, buning uchun: 50% oldindan to‘lov (5-10 kunda), qolgan 50 foizni esa yil davomida har oy yoki har kvartalda teng miqdorda to‘lash kifoya.

«Genesys» qurilish kompaniyasi nafaqat Toshkent shahri aholisiga, balki butun O‘zbekiston ahli uchun xizmat ko‘rsatadi. Xususan, «Genesys» turar-joy majmuasidagi kvartiralar – Toshkentga ko‘chib kelishni rejalashtirganlar uchun ajoyib investitsiya va poytaxt propiskasini olish imkoniyatidir!

Murojaat uchun telefon: +99871 200 61 16

«Sultania» turar-joy majmuasi

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 10

Mo‘ljal: «Wunderkind» maktabi/bog‘chasi

«Jangokh» turar-joy majmuasi

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Janggoh mavzesi

Mo‘ljal: Ts-15 massivi

Telefon: +99871 200 61 16

Sayt: www.genesys.uz

E-mail: sales@genesys.uz

Facebook: fb.com/genesysdev

Instagram: @genesysdev

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top