12:30 / 12.02.2019
27972

«Qamchiq» dovoni bo‘yicha ogohlantirish berildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Qamchiq» dovoni bo‘yicha axborot xabarnomasi bilan chiqdi

Vazirlik saytida aytilishicha, O‘zgidromet ma'lumotiga asosan, joriy yilning 14 fevral kuni «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, vaqti-vaqti bilan qor kuchayishi, tuman tushib, ko‘rinish 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15-18 m/s.gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo‘l muzlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib kelishi, ba'zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top