18:07 / 14.02.2019
11395

Sergeli metrosi qurilishining umumiy qiymati 82,6 mln dollar deb baholandi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini qurish" loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kreditini qaytarishning prognoz jadvali tasdiqlandi.

Hujjatda qayd etilishicha, loyihaning umumiy qiymati 82 mln 656,7 ming AQSh dollariga teng bo‘lib, uni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 47 mln 556,7 ming dollar, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 35 mln 100 ming dollar ajratiladi.

Avvalroq Toshkent metrosining Yunusobod liniyasi qurilishi 103,8 mln AQSh dollariga, Sergeli metro liniyasining qurilishi 91,6 million dollarga baholangani xabar qilingandi.

Sergeli metro yo‘nalishini 2020 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, umumiy uzunligi 6,9 kmni tashkil etadi.

Top