18:37 / 16.02.2019
6554

Namoyishchilar Albaniya bosh vazirining qarorgohiga hujum uyushtirishdi

Albaniya muxolifati tarafdorlari respublika bosh vaziri Edi Ramaning iste'fosini talab qilib uning qarorgohini ishg‘ol etishga urinishmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Agentlikning bildirishicha, namoyishchilar politsiya to‘sig‘ini yorib o‘tishgan va bino eshiklarini sindirishgan.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagani aytilmoqda.

Bunday namoyishlar o‘tgan yilning yozida ham bo‘lib o‘tgan, politsiya bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergandi. Namoyishchilarning fikricha, Edi Rama uyushgan jinoyatchilikka aloqadordir.

Mavzuga oid
Top