13:06 / 17.02.2019
26731

AQSh qurolli kuchlari zamonaviy ko‘rinmas kemaga ega bo‘ldi

Foto: Reuters

Stels texnologiyasi asosida tayyorlangan Amerikaning "Talsa" (USS Tulsa (LCS 16)) jangovar kemasi AQSh harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga rasman qo‘shildi, deb xabar berdi Pentagon.

Mazkur turdagi kemalar sohilni qo‘riqlash, dushmanning kema va suvosti qayiqlariga qarshi kurashish, flotni kater va minalardan himoya qilish, razvedka o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.

Kemaning uzunligi 127, eni 31 metr bo‘lib, suv sig‘imi 2,3 ming tonnaga teng. U soatiga 87 km tezlikda suza oladi.

Kema kalibri 57 mm bo‘lgan zambarak, to‘rtta 12,7 mmli pulemyot va 11ta raketa uchirishga mo‘ljallangan Evolved SeaRAM qurilma bilan jihozlangan. Uning bortida shuningdek ikkita MH-60R/S Sea Hawk vertolyoti va uchuvchisiz uchar qurilmalar joy olgan.

Top