08:31 / 18.02.2019
69879

Olimlar saraton rivojlanishi xavfini keskin oshiruvchi mahsulotni ma'lum qilishdi

Foto: Depositphotos

AQShdagi M.D.Anderson nomidagi onkologik markaz olimlari shakarning haddan ko‘p iste'mol qilinishi saraton paydo bo‘lishi xavfini oshirishini aniqlashdi. Bu haqda Food News nashri xabar berdi. 

Olimlar sichqonlar ustida tajriba o‘tkazishgan. Bir guruh sichqonlarga ko‘plab g‘arb davlatlarida odamlar iste'mol qiladigan shakar miqdoriga teng saxaroza berilgan, qolganlari esa “shirin bo‘lmagan” kraxmal diyetasida o‘tirgan. Natijada mutaxassislar birinchi guruhdagi sichqonlar qonida shakar miqdorining oshishi o‘simtaning tez o‘sishiga olib kelgani haqida xulosaga kelishgan.

Olimlar, shuningdek, yuqori miqdorda fruktozaga ega jo‘xori siropi va saxaroza sichqonlar o‘pkasida metastazalarning o‘sishiga olib kelganini aniqlashgan.

Olimlar qand kasalligi, saraton, semirish va yurak kasalliklari xavfini minimallashtirish uchun shakar iste'molini cheklashni tavsiya qilishmoqda. Ular konfetlar, murabbo, jyele, muzqaymoq, sharbatlar, yogurt, pishiriqlar va boshqalarda yuqori fruktozali jo‘xori siropi bor bo‘lishi mumkinligiga e'tibor qaratishni tavsiya qilishmoqda.

Mutaxassislar, shuningdek, shirinlik o‘rniga mevalar yeyishni, shakar o‘rniga esa asaldan foydalanishni tavsiya qilishgan. 

Mavzuga oid
Top