O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yangi lavozim tayinlovi yuz berdi. Bu haqda MB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 fevraldagi PF-5665 sonli farmoniga muvofiq Bobir Yo‘ldoshevich Abubakirov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlangan.
U bu lavozimda avvalroq «Ipoteka bank» boshqaruvi raisligiga tayinlangan Shuhrat Atabayevning o‘rnini egalladi.
Ma'lumot uchun: Bobir Abubakirov shu paytga qadar Valutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.