09:31 / 22.02.2019
70326

Ortiq Xudoyberganov yangi lavozimga tayinlandi

Toshkent viloyati IIBda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi

Ortiq Tursinxonovich Xudoyberganov

Xususan, podpolkovnik Ortiq Tursinxonovich Xudoyberganov Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

Saidkarim Hamidxo‘jayevich Alimov

polkovnik Saidkarim Hamidxo‘jayevich Alimov Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - jazoni ijro etish bo‘limi boshlig‘i;

Dilmurod Rixsiboyevich Zufarov

mayor Dilmurod Rixsiboyevich Zufarov Tibbiyot bo‘limining davolash-profilaktika muassasalari Harbiy tibbiy komissiya Rais-shifokori lavozimidan ozod etilib, Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Ortiq Xudoyberganov 2018 yil 14 iyun kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Top