17:59 / 22.02.2019
13958

Poytaxtning qardosh va strategik hamkor shaharlari qaysilar?

Birodarlashgan shaharlar (pobratim shaharlar) – o‘zaro doimiy do‘stlik aloqalari o‘rnatilgan shaharlar hisoblanadi. Ular orasida ijtimoiy hayot, tarix va madaniyat bilan tanishuv, hamkorlik munosabatlari kechadi.

Shaharlar o‘rtasidagi hamkorlik mehmon delegatsiyalar, sport jamoalari, shahar hayoti haqidagi ko‘rgazmalar, adabiyot, kinofilmlar, shahar hayoti haqida ma'lumotlar almashuvida ham ko‘rinadi.

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi raisi Hikmat Abdurahmonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Toshkent bilan birodarlashgan va strategik hamkor shaharlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Toshkent shahri bugungi kunga qadar 8 shahar bilan birodarlashgan, 14 shahar bilan esa strategik hamkorlik o‘rnatgan.

Toshkent shahri bilan birodarlashgan shaharlar:

1. Sietl (2.06.1973 y.)

Sietldagi "Toshkent" bog‘i asosiy monumenti
Foto: Kim Donovan

2. Kortreyk (09.11.1989 y.)

Kortreyk

3. Shanxay (04.1994 y. )

Shanxay

4. Seul (02.07.2010 y.)

Seul

5. Berlin (06.11.1996 y.)

Berlin

6. Bishkek (05.09.2017 y.)

Bishkek

7. Ashxobod (20.05.2018 y.)

Ashxobod

8. Dushanbe (9.03.2018 y.)

Dushanbe

Toshkent shahri bilan hamkorlik o‘rnatgan shaharlar:

1. Budapesht (02.06.2003 y.)

2. Riga (07.04.2004 y.)

3. Boku (23.03.2004 y.)

4. Seul (30.03.2005 y.)

5. Qohira (05.05.2009 y.)

6. Moskva (08.09.2001 y.)

7. Kiyev (16.01.1998 y.) 

8. Rio-de-Janeyro (29.05.2009 y.)

9. Qozon (12.10.1998 y.)

10. Bishkek (30.10.1996 y.)

11. Astana (30.10.1998 y.)

12. Janubiy Qozog‘iston oblasti (21.01.1994 y.)

13. Sverdlovsk oblasti (28.11.1997 y.)

14. Saratov oblasti (24.10.1994 y.)

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda Samarqand, Buxoro, Farg‘ona viloyati, Navoiy shahri, Angren shaharlarining pobratimlari bor.

Samarqand shahri Lahor (Pokiston), Banda-Achex (Indoneziya), Lion (Fransiya), Lvov (Ukraina), Krasnoyarsk (Rossiya), Lej (Belgiya), Samara (Rossiya), Rio-de-Janeyro (Braziliya), Plovdiv (Bolgariya), Florensiya (Italiya), Kyondju (Janubiy Koreya), Sian (Xitoy), Bremen (Germaniya), Yurmala (Latviya), Mexiko (Meksika) shaharlari bilan birodar-shahar bo‘lsa, Buxoro shahri Kordoba (Ispaniya), Ryuey-Malmezon (Fransiya), Lahor (Pokiston), Santa-Fe (Nyu-Meksiko, AQSh), Malatiya (Turkiya) shaharlari bilan birodar hisoblanadi. 

Farg‘ona viloyati Vetnamdagi Fiok-Txan viloyati, Navoiy shahri Chjuchjou shahri bilan (Xitoy), Angren shahri esa Datun shahri (Xitoy) bilan pobratim shahardir.

Shuningdek, 1989 yilda YuNeSKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shahri Ispaniyadagi Avila shahri bilan birodarlashishi mumkin.

Dunyo bo‘ylab birodar-shaharlar o‘rtasidagi munosabatlar Butunjahon birodarlashgan shaharlar federatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Butunjahon birodarlashgan shaharlar federatsiyasi – xalqaro nodavlat tashkilot bo‘lib, uning maqsadi turli davlatlar shaharlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlashdan iboratdir.

Bosh qarorgohi Parijda joylashgan tashkilotga 160dan ortiq mamlakatlardagi 3500 dan ziyod shahar a'zo sanaladi. BBShF tashabbusi bilan 1963 yildan aprel oyining so‘nggi yakshanbasida Butunjahon birodarlashgan shaharlar kuni nishonlanadi.

Top