01:10 / 23.02.2019
13951

«Real» futbolchilari nufuzli sovrinni qabul qilib olishdi

Foto: Real Madrid

Madridning «Real» klubi futbolchilari Luka Modrich va Tibo Kurtua nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishdi. Bugun «Real» mashg‘ulot ba'zasiga xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi IFFHS vakillari tashrif buyurib ikki futbolchiga sovrin topshirishdi.

Luka Modrich 2018 yil yakunlariga ko‘ra «Yilning eng yaxshi pleymeykeri» sovrinini qabul qilib oldi. Tibo Kurtuaga esa «Yilning eng yaxshi darvozaboni» unvoni topshirildi.

Oldinroq o‘tkazilgan so‘rovnomada Modrich eng yaxshi bo‘lish uchun Lionel Messi, Eden Azar, Kevin De Bryuyne va Neymarni ortda qoldirgan bo‘lsa, Kurtua hamkasblari Ugo Loris, Janluidji Buffon, Yan Oblak, Mark-Andre ter Shtegen va jamoadoshi Keylor Navasni ortda qoldirgan.

Top