12:18 / 25.02.2019
29142

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘ldi

Foto: Global Look Press

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida 4,0 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Ilm-fan vazirligi Fan qo‘mitasi Seysmologik tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi Seysmik stansiyalar tarmog‘i xabar tarqatdi.

Seysmologlar ma'lumotiga ko‘ra, yer silkinishi 25 fevral kuni, ertalab Olmaota vaqti bilan soat 8:33da qayd etilgan.

Yer osti silkinishlari episentri Olmaota shahridan 688 km shimoli-sharqda, Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida qayd etildi.

Zilzilaning energetik sinfi zilzilasi - 9,1. Magnituda - 4,0.

Mavzuga oid
Top