23:48 / 27.02.2019
14139

Koson: Usmonxon Alimov Abdurahmon Xalifa masjidiga tamal toshini qo‘ydi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani Po‘lati shaharchasida XVII-XVIII asrlarda yashab o‘tgan Abdurahmon Xalifa masjidini qayta ta'mirlash, yangi masjid barpo etish ishlari olib boshlab yuborildi. Kun.uz muxbiri shu haqida xabar berdi.


Yangi masjidni barpo etish jarayoniga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari Usmonxon Alimov tashrif buyurdi hamda bir vaqtning o‘zida ming kishi namoz o‘qiy oladigan masjidning qurilishiga tamal toshini qo‘ydi.

Ta'kidlash joizki, Po‘lati shaharchasida barpo etilayotgan mazkur masjid azaldan faoliyat ko‘rsatib kelgan. Endi u qayta tamirlanib, yanada kengaytirilmoqda.

Usmonxon Alimov ushbu masjid xalqning ko‘magi hamda  hashar yo‘li bilan bunyod etilayotganini alohida e'tirof etib, ezgu maqsadga bosh qo‘shganlarning barchasiga tashakkur bildirib, duoga qo‘l ochdi.

Top