09:27 / 27.02.2019
13078

Kuba AQShni ayblab chiqdi

Foto: Alexandre Meneghini/Reuters

Kubaning BMTdagi doimiy vakili Ana Rodriges so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati Venesuelada harbiy amaliyot uchun zamin tayyorlamoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Venesuelada gumanitar yordam bahonasi bilan harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Venesuelaga kuch bilan insonparvarlik yordami olib kirishga urinish ham xalqaro huquqning jiddiy buzilishi hisoblanadi.

Rodrigesning qayd etishicha, AQSh hukumati Venesuela suverenitetiga putur yetkazishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya vakili AQSh Venesuelani talon-toroj qilgani, Guaydo esa qallob ekani haqida aytgandi.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top