23:22 / 27.02.2019
7141

Olimlar is gazini ko‘mirga “aylantirishdi”

Foto: RMIT University

Avstraliyalik olimlar guruhi is gazi CO2’ni xona harorati sharoitida ko‘mirga aylantira olishdi. Bu ixtiro issiqxona effekti va global isishga qarshi kurashda yordam berishi kutilmoqda. Bu haqda Eurekalert nashri xabar berdi.  

Melburndagi RMIT universitetining tadqiqot guruhi is gazini uglerodning qattiq bo‘laklariga samarali aylantira oladigan yangi usulni ishlab chiqdi.

Tadqiqot atmosferadan is gazini xavfsiz va muntazam yo‘qotishning muqobil yo‘lini taklif qilmoqda.

Avval is gazini qattiq jismga aylantirish yuqori haroratlarni talab qilgan va iqtisodiy tomondan benaf bo‘lgan.

Uglerodni ushlash va saqlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar is gazini suyuq shaklgacha siqib, uni mos joyga yetkazish va yer ostiga yuborishga qaratilgan.

RMIT tadqiqotchisi Torben Dayenekening aytishicha, is gazini qattiq jismga aylantirish ancha muvaffaqiyatli yondashuv bo‘lishi mumkin.

Olimlar hali qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazishlari kerak, biroq yangi usul uglerodni saqlashning ishonchli usulini olishda va istiqbolda sayyoramizni global falokatdan qutqarishdagi ilk muhim qadamdir.

Mavzuga oid
Top