16:45 / 27.02.2019
21260

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi muddati ma'lum bo‘ldi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (7-0, 6 KO) aprel oyida o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz manbasi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Shahram G‘iyosov 26 aprel kuni Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan mashhur kazino markazi Forum saroyida ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma'lum emas.

E'tiborli tomoni, mazkur boks oqshomining markaziy jangida ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasining WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) kamarlarni birlashtiruvchi jangda ishtirok etadi.

Inglvudda bo‘lib o‘tadigan mazkur boks oqshomi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn va Thompson Boxing Promotions kompaniyasi rahbari Ken Tompson tomonidan tashkil qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta Shahram G‘iyosov 23 fevral (Toshkent vaqti bilan 24 fevral) kuni Meksikada mahalliy bokschi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Top