18:40 / 01.03.2019
14229

Qirolicha Yelizaveta II omma oldida ko‘kargan qo‘l bilan paydo bo‘ldi 

Britaniyaliklar qirolicha Yelizaveta II’ni ko‘kargan qo‘l bilan ko‘rishgandan so‘ng hazrati oliyalarining salomatligi uchun tashvishlana boshlashdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, qirolicha Iordaniya qiroli va qirolichasi Abdulloh II va Raniyani qabul qilish vaqtida ko‘kargan qo‘l bilan bo‘lgan.

Foto: omotunde alata/twitter

Taxmin qilinishicha, qirolichaning qo‘li rangi uning sog‘lig‘idagi biror muammo sababli o‘zgargan.

“Ey Xudoyim. Hazrati Oliyalari qo‘llarini shikastlab olgandek ko‘rinmoqda. Umid qilaman, bu tez o‘tib ketadi”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Mavzuga oid
Top