23:56 / 04.03.2019
6378

Ekstremal turizm: «ChimganExtremal-2019 festivali» o‘tkazildi

Foto: Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti

O‘zbekistonda ekstremal sport turlari, ekologik va ziyorat turizmini rivojlantirish uchun Toshkent viloyatining tabiiy sharoiti hamda imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Hududning yuqori ekoturizm salohiyati, ulkan tog‘ tizmalari, noyob hayvonot va nabotot dunyosi, qulay iqlimi bilan ajralib turishi esa bunga yorqin misoldir.

Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentidan xabar berilishicha, 1-3 mart kunlari viloyatning Bo‘stonliq tumani, Chimyon hududida ChimganExtremal-2019 festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur festival muhtasham tog‘lar, oppoq qor, sovuq havo va do‘stlar davrasida barchani o‘zida mujassamlashtirdi.

Sport – bu do‘stlik va tinchlikning o‘ziga xos darakchisi, u jismonan va ma'nan sog‘lom avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.  Mamlakatimizda sportni, ayniqsa, bolalar va yoshlar sportini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2019 yil 5 yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 5611-sonli farmoni ijrosini, shuningdek, "EkologikMaxsus"  Respublika Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ko‘magida sayyohlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda va xayriya tadbirlari o‘tkazildi.

ChimganExtrem-2019 ekstremal-festivalining maqsadi - qishki sport turlari va dam olishni rivojlantirish, tog‘-chang‘i, snoubord, alpinizm kabilar shular jumlasidandir. 

Festival bayrami doirasida - sport anjumanlari, chang‘ichilar va snoubordchilar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.

Musoboqalar yakunida ChimganExtrem-2019 festivalining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 

Mavzuga oid
Top