17:17 / 07.03.2019
45335

Markaziy Bank raisi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Markaziy bank Raisi o‘rinbosari Adham Rustamovich Islomov o‘z vazifasidan ozod etilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz axborot manbasi. 

1976 yil​ Toshkent shahri​da tug‘ilgan Adham Islomov 2018 yil yanvaridan buyon Markaziy Bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi

U bundan avval O‘zbekiston Prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Islomovning o‘rnini shu vaqtga qadar «O‘zagrosug‘urta»​ raisi lavozimida ishlab kelayotgan Saidqahhor Xolxo‘jayev egallaydi.

Saidqahhor Xolxo‘jayev

 

Mavzuga oid
Top