14:48 / 09.03.2019
14267

OAV: KXDR raketa uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: Global Look Press

KXDR raketa parvozini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda National Public Radio xabar berdi.

Amerika radiostansiyasi DigitalGlobe kompaniyasining sun'iy yo‘ldoshdan olingan fotosuratlarga ega ekani aytiladi, ularda mamlakatdagi birinchi qit'alararo ballistik raketalar ishlab chiqarilgan Sanumdon ilmiy-tadqiqot markazini ko‘rish mumkin.

Suratlarda obekt yaqinida to‘xtab turgan yengil va yuk avtomobillari tasvirlangan. Shuningdek, markaz yaqinida temir yo‘l vagonlari va ko‘tarma kranlar borligini payqash mumkin.

Montereydagi Middlberi xalqaro tadqiqotlar institutining Sharqiy Osiyoda tarqatmaslik dasturi bo‘yicha direktori Jyeffri Lyuis so‘zlariga ko‘ra, bu KXDR raketa uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi.

«Agar hamma narsa birlashtirilsa, unda KXDR raketa yaratish jarayonida ekanini taxmin qilish mumkin», - deya aniqlik kiritdi Lyuis.

Biroq, bu harbiy raketa yoki sun'iy yo‘ldoshlarni uchiradigan raketa ekani hozircha tushunarsiz. Bundan tashqari, ehtimoliy parvoz muddatlari ham noma'lum, deya aniqlik kiritadi radiostansiya.

Bundan oldin, Jimmi Karter Trampga yordam berish uchun KXDRga borishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top