14:44 / 11.03.2019
6832
Reklama

Huawei kompaniyasi Bryussel shahrida Axborot xavfsizligi markazini yaratdi

Huawei kompaniyasi Bryussel shahrida o‘z faoliyatini boshlaydigan Axborot xavfsizligi va shaffofligi markazini (Cyber Security Transparency Centre) yaratdi. Ochilish marosimida soha boshqaruvi mutasaddilari, aloqa operatorlari, biznes va OAV vakillari ishtirok etishdi, GSMA rahbariyati va Butunjahon iqtisodiy forumi tashkilotchilari nomidan nutq so‘zlandi.

“Axborot xavfsizligi sohasida ishonch - bu raqamli dunyoda eng asosiysi, - deydi Huawei kompaniyasi raisi Ken Xu (Ken Hu). Ishonch faktlarga tayanishi, faktlar esa tekshirilishi, tekshiruv o‘z navbatida yagona standartlarga asoslanishi kerak. Raqamli dunyoda ishonchli munosabatlarning samarali modeli aynan shunday bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz”.

Huawei kompaniyasi raisi Ken Xu (Ken Hu) ochilish marosimida nutq so‘zlamoqda

Hamkorlikka chaqiruv

All Cloud, ma'lumotlarga intellektual ishlov berish va dasturiy belgilanadigan yechimlar bo‘yicha yangi ishlanmalar ishlab chiqish uchun AKT infratuzilma doirasidagi axborot xavfsizligi sharoitida juda murakkab vazifalarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Konsensus va texnik standartlar, tekshiruv tizimi va qonun chiqaruvchi hokimiyatning mavjud emasligi ushbu masalani yanada chigallashtiradi. Sohaning barcha ishtirokchilari va butun jamiyat axborot xavfsizligini ta'minlash uchun javobgar sanaladi, shuning uchun ushbu masalani birgalikdagi urinishlar bilan hal etish talab etiladi.

Shuning uchun Huawei kompaniyasi Bryussel shahrida Axborot xavfsizligi va shaffofligi markazini yo‘lga qo‘ymoqda. Ushbu markaz davlat muassasalari, texnik ekspertlar, sohaviy assotsiatsiyalarining muloqot va o‘zaro harakat qilishlari uchun platforma vazifasini o‘taydi va bu yerda ular raqamli dunyoda xavfsizlik masalalari bo‘yicha yagona fikrga kela olishlari mumkin.

Markazda asosiy uchta masala hal qilinadi. Birinchidan, markazda Huawei kompaniyasining axborot xavfsizligi sohasidagi strategiyalar va yetkazmalar zanjiridan tortib NIOKR, mahsulotlar va yechimlargacha bo‘lgan kompleks ishlanmalari namoyish qilinadi. Bu 5G, buyumlar interneti, bulutli hisoblashlar sohasida Huawei kompaniyasining mahsulot va yechimlari hisobiga xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha amaliy namunalarni ko‘rsatish imkonini beradi.

Ikkinchidan, Markaz kompaniyalar va asosiy manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani soddalashtiradi, natijada axborot xavfsizligi strategiyalari va uning ta'minoti bo‘yicha kompleks metodika ishlab chiqish yanada osonlashadi. Yangi texnologiyalarni joriy qilishni osonlashtirish uchun Huawei kompaniyasi xavfsizlik standartlari va tekshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga hissa qo‘shgan holda, sohaviy hamkorlar bilan ishlashni maqsad qilgan.

Uchinchidan, Markaz mahsulot xavfsizligini sinovdan o‘tkazish va tekshirish uchun platforma vazifasini o‘taydi va Huawei mijozlariga qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi.

Bryusselda Axborot xavfsizligi va shaffofligi markazining yaratilishi hukumat, mijozlar va boshqa yevropalik hamkorlarga ma'lumotlarni himoya qilish Huawei kompaniyasining asosiy o‘ziga xosliklaridan biri ekanligini ko‘rsatib beradi.

Standartlar va tekshiruv: ishonchli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun samarali model

Axborot xavfsizligining ta'minlanishi barcha manfaatdor tomonlar, jumladan uskuna ta'minotchilari, aloqa operatorlari va regulyatorlar uchun umumiy maqsad sanaladi. Bu borada kompaniya konsepsiyasi - ”Xavfsizlik yoki hech narsa”. Axborot xavfsizligi va shaffofligi markazlari mijozlar va boshqa mustaqil nazorat qiluvchi tashkilotlarga umumiy qabul qilingan standartlar va ilg‘or metodikalarga muvofiq obektiv, ishonchli va mustaqil sinovdan o‘tkazish xavfsizlikni tekshirish imkonini beradi. Ushbu markazlarda sinovdan o‘tkazish uchun maxsus sharoitlar yaratilgan bo‘lib, u yerda mijozlar va boshqa tashkilotlar Huawei kompaniyasining mahsulotlari, dasturiy ta'minoti, texnik hujjatlashtirish, sinov vositalari va mijozlarga zaruriy texnik yordam ko‘rsatish xizmatidan foydalanishlari mumkin.

”Raqamli dunyoda axborot xavfsizligiga tegishli bo‘lgan odamlar tashvishini yaxshi tushunamiz. Ushbu masalaning yechimi hamfikrlilikdan boshlanadi va aynan shu maqsadda biz markazimizni ochyapmiz. Standartlar, tekshirish mexanizmlari va yangi xavfsizlik texnologiyalari ishlab chiqish sohasida yanada yaqin hamkorlik qilish uchun davlat mutasaddilari, standartlashtiruvchi tashkilotlar va mijozlarni taklif qilyapmiz. Hamkorlikda ishlash orqali biz narx shakllanishining butun zanjiri davomida xavfsizlik tizimlari samaradorligini oshirishimiz va ishonchli munosabatlar o‘rnatishga yordam berishimiz mumkin”, deydi Ken Xu.

Reklama huquqi asosida

Top